Jahon

Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashga olti oy ketadi — Pentagon

Bo‘g‘ozdagi ko‘plab minalar koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani aytilgan edi.

Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashga olti oy ketadi — Pentagon

Pentagon AQSh qonun chiqaruvchilariga Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalash ishlari taxminan olti oy davom etishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur ma’lumot AQSh Vakillar palatasining qurolli kuchlar qo‘mitasida seshanba kuni o‘tkazilgan yopiq brifing chog‘ida taqdim etilgan.

 

Manba so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish davomida qonunchilar Eronga qarshi harbiy harakatlar narxi, strategiyasi va maqsadlari yuzasidan ko‘plab savollarni o‘rtaga tashlagan. Biroq, muhokamalar ko‘proq aniqlik kiritish o‘rniga yangi savollarni yuzaga keltirgan.

 

Shuningdek, kongress a’zolari urushning dastlabki bosqichida Eronning Minab shahridagi maktab majmuasiga berilgan zarba bo‘yicha ham hozirga qadar aniq javob berilmaganini ham ko‘targan.

 

Avvalroq Eron Hormuz bo‘g‘ozida o‘rnatilgan minalarni aniqlash va zararsizlantirishdagi qiyinchiliklar sabab dengiz yo‘lini to‘liq ocholmayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Bo‘g‘ozdagi ko‘plab minalar tartibsiz ravishda va koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani, ayrim portlovchi qurilmalar esa ataylab erkin suzishga qo‘yib yuborilgani bildirilgandi. 

 

custom img

Ukraina frontdagi askarlarning 30 foizini jangovar robotlar bilan almashtirmoqchi

Mart oyining o‘zida robotlashtirilgan komplekslar frontda logistika va evakuatsiya bo‘yicha 9 mingdan ortiq vazifani bajargan.

custom img

Rossiyada milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi

Milliarderlarning umumiy boyligi 696,5 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy maksimumga chiqqan.

custom img

Buyuk Britaniya Parlamenti yoshlar uchun chekishni umrbod taqiqlovchi qarorni ma’qulladi

Hujjat tamaki mahsulotlari tarkibi, ta’mi va qadoqlanishini ham nazorat qilish vakolatini beradi.

custom img

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp

AQSh prezidentiga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilgani sabab kuniga 500 million dollar daromad yo‘qotmoqda.

custom img

Eron AQSh va Isroil tahdidlariga javob qaytarishga tayyorligini bildirdi

Tashqi ishlar vazirligi vakili mamlakat harakatlari qonuniy mudofaa huquqi doirasida ekanini bildirdi.

custom img

Germaniya aviakompaniyasi yonilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yana bir qator aviakompaniyalarda reyslar qisqartirilib, aviachiptalar narxi oshirildi.

custom img

AQSHda 11 nafar olim sirli tarzda yo‘qoldi

Maxfiy ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan olimlar o‘lgan bo‘lishi mumkin.

custom img

Turkiyadagi maktabda 9 kishini o‘ldirgan o‘quvchining onasi ham hibsga olindi

U “ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” aybi bilan hibsga olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"