Jahon

Germaniya aviakompaniyasi yonilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yana bir qator aviakompaniyalarda reyslar qisqartirilib, aviachiptalar narxi oshirildi.

Germaniya aviakompaniyasi yonilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi aviayonilg‘i narxlarining keskin oshishi sabab yozgi mavsumda 20 mingta qisqa masofali reysni qisqartirishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda BBC.

 

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, AQSH–Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro fonida aviayonilg‘i narxlari ikki baravarga oshgan, bu esa ayrim parvozlarning cheklanishiga olib kelgan.

 

Qayd etilishicha, boshqa aviakompaniyalar, jumladan Air France-KLM va Delta Air Lines ham ayrim reyslarni vaqtincha bekor qilgan yoki xarajatlarni qoplash maqsadida chipta narxlarini oshirgan.

 

Mutaxassislar mojaro davom etar ekan, reyslar qisqarishi va aviachiptalar narxining yana oshishini istisno etmayapti.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropaga yetkazib beriladigan aviayonilg‘ining qariyb yarmi Fors ko‘rfazi mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Asosiy ta’minot yo‘li hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozi orqali tashuvlar Eron tomonidan cheklangani narxlarning oshishiga ta’sir ko‘rsatgan.

 

Shuningdek, Quvaytdagi Al-Zour neftni qayta ishlash zavodi Yevropa aviayonilg‘i importining taxminan 10 foizini ta’minlaydi.

 

Xalqaro energiya agentligi o‘tgan hafta Yevropada aviayonilg‘i zaxiralari qisqa muddat ichida tugashi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Shu bilan birga, ayrim hukumatlar va aviakompaniyalar hozircha ta’minotda jiddiy uzilishlar kuzatilmayotganini bildirgan.

 

Lufthansa Yevropa yo‘nalishlari qisqartirilishini tasdiqlar ekan, uzoq masofali xalqaro reyslar saqlanib qolishini ma’lum qildi. Kompaniya ushbu choralar orqali taxminan 40 ming metrik tonna aviayonilg‘ini tejashni rejalashtirmoqda.

 

Avvalroq aviakompaniya Yevropadagi CityLine qisqa masofali parvoz dasturini yopishni tezlashtirishi va 27 ta samolyotni ekspluatatsiyadan chiqarishini bildirgan edi. Bunga yuqori yonilg‘i narxlari hamda mehnat nizolari sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, reyslarni qisqartirishning dastlabki 120 tasi allaqachon amalga oshirilgan bo‘lib, ular orasida Frankfurtdan Polsha va Norvegiyaga yo‘nalishlar ham bor.

 

custom img

Ukraina frontdagi askarlarning 30 foizini jangovar robotlar bilan almashtirmoqchi

Mart oyining o‘zida robotlashtirilgan komplekslar frontda logistika va evakuatsiya bo‘yicha 9 mingdan ortiq vazifani bajargan.

custom img

Rossiyada milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi

Milliarderlarning umumiy boyligi 696,5 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy maksimumga chiqqan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashga olti oy ketadi — Pentagon

Bo‘g‘ozdagi ko‘plab minalar koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani aytilgan edi.

custom img

Buyuk Britaniya Parlamenti yoshlar uchun chekishni umrbod taqiqlovchi qarorni ma’qulladi

Hujjat tamaki mahsulotlari tarkibi, ta’mi va qadoqlanishini ham nazorat qilish vakolatini beradi.

custom img

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp

AQSh prezidentiga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilgani sabab kuniga 500 million dollar daromad yo‘qotmoqda.

custom img

Eron AQSh va Isroil tahdidlariga javob qaytarishga tayyorligini bildirdi

Tashqi ishlar vazirligi vakili mamlakat harakatlari qonuniy mudofaa huquqi doirasida ekanini bildirdi.

custom img

AQSHda 11 nafar olim sirli tarzda yo‘qoldi

Maxfiy ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan olimlar o‘lgan bo‘lishi mumkin.

custom img

Turkiyadagi maktabda 9 kishini o‘ldirgan o‘quvchining onasi ham hibsga olindi

U “ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” aybi bilan hibsga olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"