O'zbekiston

“Kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda”

Sanepidqo‘mita bolalar orasida meningit kasalligi avj olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda”

2026-yilda O‘zbekistonda aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar ortgani munosabati bilan kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Sanepidqo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, bolalar orasida ushbu infeksiya keng tarqalishini oldini olish maqsadida 8024 doza vaksina xarid qilinib, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4862 nafar fuqarolar emlash bilan qamrab olindi.  Vaksina bilan emlashga tibbiy moneligi bo‘lgan  bemorlar bilan muloqotda fuqarolar shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekistonda 2026-yilning 1-choragida 174 ta meningokokk holati ro‘yxatga olingan bo‘lib shundan 168 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tashkil qilmoqda. Kasallik dinamikasiga ko‘ra, aprel oyida mart oyiga nisbatan 14 foizga kamayganligi kuzatilmoqda.

 

Qayd etilishicha, meningit bu bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha bakteriya yoki viruslar sababli yuzaga keladi va tez rivojlanishi bilan xavfli hisoblandi.

 

Profilaktika chorasi sifatida aholiga o‘z vaqtida emlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish hamda jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilmoqda.

 

Shuningdek, “Haj” va “Umra” ziyoratiga borayotgan fuqarolarga safar oldidan meningokokk infeksiyasiga qarshi emlanish, safardan qaytgandan so‘ng esa ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni vaqtincha cheklash tavsiya qilingan.

custom img

O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi

Tegishli qonun uch oy ichida kuchga kiradi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali 200 mln soliq qarzi undirildi

Qarzdor bankdagi hisobraqamlariga band solingan bo‘lsa-da, qarzni to‘lamay kelgan va mablag‘ majburiy ijro orqali undirilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi vaziyatlar markazi bilan tanishdi

Prezident ushbu yangi tizimni poytaxtning qolgan tumanlarida ham joriy etishga topshiriq berdi.

custom img

Germaniya Rossiyani Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda

Bundesver mamlakat tarixida ilk bor harbiy strategiya va qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalardan to‘lov undirishni boshladi

Kemalardan undirilgan boj to‘lovlari hisobidan olingan ilk daromad mamlakat Markaziy banki hisobiga o‘tkazildi.

custom img

Jomboy tuman IIB sobiq boshlig‘i jinoiy jazoga tortildi

3 yilga yaqin Jomboy tuman IIBni boshqargan O‘ktam Xoliqov sudlandi. U tumandagi faoliyati davomida mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilgan. Xususan, chorvachi ayoldan qariyib 100 mln so‘mga 6 bosh qoramol sotib olib, uning pulini bermay yurgan. Ayol pul mablag‘ining bir qismini sud orqali olgan.

custom img

O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

custom img

O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarini undirish tartibi soddalashtirildi

Shuningdek, bir qator qarzdorliklar uchun fuqarolar bank hisoblaridan mablag‘ yechib olish taqiqlandi, ammo ish haqi va pensiyadan undirish saqlab qolindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"