Tramp Kubada yangi operatsiya boshlashi mumkin
AQSH prezidenti Kubada yaqin orada “yangi tong” boshlanishi mumkinligini bildirdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Kubada yaqin orada “yangi tong” boshlanishi mumkinligini aytib, mamlakatga nisbatan ehtimoliy operatsiyaga ishora qildi. Bu haqda u Turning Point USA tadbiridagi nutqi davomida ma’lum qilgan.
Trampning ta’kidlashicha, kubaliklar o‘nlab yillar davomida kutilgan o‘zgarishlar arafasida turibdi. U AQSH zarur hollarda mamlkatga aralashishini bildirib, bu jarayon Kuba xalqiga “uzoq kutilgan erkinlik” olib kelishi mumkinligini qayd etdi.
AQSH rahbari chiqishi davomida o‘zini “tinchlikparvar” sifatida ta’riflab, mamlakat uning hokimiyatga kelishidan avval zaiflashganini, hozir esa bu qarashlar o‘zgarganini urg‘uladi. Shuningdek, u ilgari “sakkizta urushni yakunlagani”ni ham eslatib o‘tdi.
Ayni paytda, Trampning Kubaga oid bunday bayonotlari ilk bor yangrayotgani yo‘q. Defense Express nashrining yozishicha, orolda ehtimoliy tahdidlarga qarshi mudofaa tayyorgarligi kuchaytirilgan.








