O'zbekiston

Surxondaryoda media haftalik yakunlandi

Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashuvi yo‘lga qo‘yilib, yangi media loyihalar uchun zamin yaratildi.

Surxondaryoda media haftalik yakunlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan media haftalik yakuniga yetdi. 

 

Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat ma’ruzalarni tingladi, balki muhokamalarda faol qatnashib, fikr almashdi hamda amaliy mashg‘ulotlarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi.

 

Tashkilotchilarga ko‘ra, media haftalik davomida asosiy e’tibor miqdoriy ko‘rsatkichlardan ko‘ra sifatga qaratildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashuvi yo‘lga qo‘yilib, yangi media loyihalar uchun zamin yaratildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur tashabbus kelgusida ham davom ettirilib, doimiy hamkorlik va yangi loyihalar orqali rivojlantiriladi.

 

Ma’lumot uchun, media haftalikning navbatdagi bosqichi 20–24-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"