Jizzaxda soliqdan qarzdor zapravka xatlandi
Shoxobchaning soliqdan 30 mln so‘m qarzi bo‘lgan.

Majburiy ijro byurosi Zomin tumani bo‘limi ish yurituviga “PP” MCHJdan 60 mln so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini undirish haqida ijro hujjatlari kelib tushgan.
Ijro harakatlari jarayonida davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan noturar joy qarzdorlikni qoplash maqsadida xatlovga olindi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu mulk amaldagi qonunchilik asosida elektron onlayn-auksion savdosiga qo‘yiladi. Undan tushgan mablag‘lar esa soliq qarzdorligini bartaraf etishga yo‘naltiriladi.








