Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi o‘tkaziladi
Musobaqada 12 davlatdan jami 94 nafar ishtirokchi qatnashadi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi joriy yilning 20–27-aprel kunlari Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli ilmiy musobaqada Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Tailand, Turkmaniston hamda O‘zbekiston davlatlaridan jami 94 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Shuningdek, musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali ekspertlar, taniqli olimlar va professor-o‘qituvchilar ham jalb etilgan bo‘lib, ular hakamlik, ilmiy baholash va tajriba almashish jarayonlarida ishtirok etadi.








