O'zbekiston

O‘rta Chirchiqdagi hodisa “portlash” emas — FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy izoh berdi.

O‘rta Chirchiqdagi hodisa “portlash” emas — FVV

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi” mazmunidagi xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 16-aprel kuni soat 01:44 da “112” tizimi orqali Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga O‘rta Chirchiq tumani “O‘rta Ovul” MFY hududidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Xabarga asosan qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni tezkorlik bilan bartaraf etgan. Afsuski, yong‘in oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan.

 

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat “portlash” sifatida talqin qilingan, biroq rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, xonadonda portlash sodir bo‘lmagan.

 

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, xususan uyda foydalanilgan elektr jihozlari quvvatiga mos bo‘lmagan elektr simlar hamda noto‘g‘ri tanlangan saqlagichlar sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimida “Erta aralashuv” va yangi parvarish xizmatlari joriy etiladi

18 yoshdan katta chuqur aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilgan shaxslarni parvarish qilayotgan ota-onalar uchun har oylik nafaqa joriy etiladi.

custom img

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar, elektr tarmoqlari va gaz ta’minoti xodimlari faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangan.

custom img

Javohir Sindarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekistonlik grossmeyster Kiprda o‘tgan Nomzodlar turnirida rekord natijalar qayd etib, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

custom img

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

Unga nisbatan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni noqonuniy tashkil etish hamda pul yuvish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"