O'zbekiston

Javohir Sindarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekistonlik grossmeyster Kiprda o‘tgan Nomzodlar turnirida rekord natijalar qayd etib, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Sindarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoniga muvofiq, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sindarov Javohir Sanjarbekovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

 

Mazkur yuksak mukofot sportchining Yangi O‘zbekiston nufuzini xalqaro maydonda yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasi, mamlakatimizda shaxmat sportini keng ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu intellektual sport turini targ‘ib etish yo‘lidagi xizmatlari uchun topshirildi.

 

Shuningdek, Javohir Sindarov Kiprda o‘tkazilgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turnirida yuksak intellektual salohiyati va professional mahoratini namoyon etib, dunyoning eng kuchli grossmeysterlari orasida rekord natijalar qayd etgani hamda muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgani alohida e’tirof etildi.

 

Farmonda yosh avlod qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish borasidagi ibratli xizmatlari ham qayd etilgan.

 

custom img

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimida “Erta aralashuv” va yangi parvarish xizmatlari joriy etiladi

18 yoshdan katta chuqur aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilgan shaxslarni parvarish qilayotgan ota-onalar uchun har oylik nafaqa joriy etiladi.

custom img

O‘rta Chirchiqdagi hodisa “portlash” emas — FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy izoh berdi.

custom img

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar, elektr tarmoqlari va gaz ta’minoti xodimlari faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangan.

custom img

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

Unga nisbatan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni noqonuniy tashkil etish hamda pul yuvish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"