O'zbekiston

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Interpol tomonidan “Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan Ravshan Muhitdinov xalqaro qidiruvga berildi.

 

Qidiruvga berilgan 37 yoshli Muhitdinov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 173-moddasi 3-qismi (mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash) 242-qism 2-qismi (jinoiy uyushma tashkil etish), 277-moddasi 3-qismi (bezorilik) bilan ayblanmoqda.

 

Ravshan Muhitdinov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U yoshligidan “Ravshan Zolotoy” laqabi bilan tanilgan. U o‘zbekistonlik tadbirkor G‘ofur Rahimovning qarindoshi ekani aytiladi. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rahimovga nisbatan bosimlar kuchaygan davrda Muhitdinov ham og‘ir jinoyatlarda ayblanib, mamlakatni tark etgan.

 

Shuningdek, Interpol tomonidan yana bir o‘zbekistonlik Dilshod Ahmedov ham xalqaro qidiruvga berilgani haqida xabar berilgandi. U “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Dilshod Ahmedov 2024-yil 16-oktyabrda mazkur lavozimga tayinlangan, 2025-yil avgust oyida esa undan ozod etilgan. U ilgari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari hamda kombinat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"