O'zbekiston

Ikkinchi jahon urushi faxriylari bepul sanatoriylarga yuboriladi

9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi.

Ikkinchi jahon urushi faxriylari bepul sanatoriylarga yuboriladi

 

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni munosib nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qarorga muvofiq, bayram tadbirlari mamlakat bo‘ylab “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkaziladi. Dastur doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari, tasviriy san’at ko‘rgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar hamda ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

 

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish belgilandi.

 

Faxriylarning istagiga ko‘ra, ular bir nafar kuzatuvchisi bilan birgalikda respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuboriladi.

 

Shuningdek, 2026-yil 9-may kuni Toshkent shahrida soat 21:00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi tashkil etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"