Jahon

Eronga qarshi hujumlar mintaqaga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda — Erdo‘g‘an

Turkiya urushni to‘xtatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirayotganini ma’lum qildi.

Eronga qarshi hujumlar mintaqaga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda —  Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Antaliya diplomatik forumi doirasida Iroq Kurd mintaqasi rahbari Nechirvan Barzani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Turkiya Prezident ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar mintaqadagi so‘nggi siyosiy va xavfsizlik vaziyatini batafsil muhokama qilgan.

 

Erdo‘g‘an Eronga qarshi amalga oshirilayotgan hujumlar oqibatida yuzaga kelgan keskinlik butun mintaqaga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya urushni to‘liq to‘xtatish va barqaror tinchlik muhitini yaratish maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

 

Turkiya rahbari, shuningdek, Eron atrofidagi vaziyat fonida ilgari surilayotgan separatistik ssenariylar hech bir tomon manfaatiga xizmat qilmasligini qayd etdi. U Iroqdagi barqarorlik va xavfsizlikni saqlash ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini bildirgan.

 

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi voqealar neft ta’minoti yo‘llarini diversifikatsiya qilish zaruratini yana bir bor ko‘rsatganini aytgan.

Shu munosabat bilan u “Taraqqiyot yo‘li” loyihasining strategik ahamiyatini alohida ta’kidlagan.

custom img

Germaniya hukumati Rossiyani o‘z hududidagi obyektlarga "to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid" qilishda ayblamoqda

Rossiya Ukrainaga dron yetkazib beradigan Germaniyadagi korxonalarning joylashuvi va faoliyati haqida ochiq ma’lumot bergan.

custom img

Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni qariyb 4,9 mingga yetdi

Markaziy Osiyo davlatlarining 13 mingga yaqin fuqarosi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tomonida ishtirok etmoqda.

custom img

Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi — Islomobod

Tehron Hormuz bo‘g‘oziga qo‘yilgan blokada bekor qilingach muzokaralarni boshlashi mumkin.

custom img

Apple kompaniyasi rahbari o‘zgaradi

Mazkur xabar ortidan Apple aksiyalarida pasayish kuzatildi.

custom img

Armanistonda Nestle bolalar ozuqasida xavfli toksin aniqlandi

Mahsulot Rossiyadan olingan laboratoriya tahlillari natijalariga asosan xavfli deb baholangan.

custom img

Eronda internet uzilishi 52 kundan oshdi — NetBlocks

Bu holat global miqyosda eng uzoq davom etgan milliy internet cheklovi sifatida qayd etilgan.

custom img

Isroil o‘z maqsadlariga erishmaguncha to‘xtamaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mintaqada istalgan vaqtda yangi voqealar yuz berishi mumkinligini ta'kidladi.

custom img

Hindistondagi pirotexnika fabrikasida sodir bo'lgan portlash oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, portlash xavfsizlik qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"