O'zbekiston

Madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha 20–25-aprel kunlari ochiq muloqotlar o‘tkaziladi

Uchrashuvlarda muammolar, takliflar va yangi g‘oyalar muhokama qilinadi.

Madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha 20–25-aprel kunlari ochiq muloqotlar o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga asosan, mamlakatda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ochiq muloqot va uchrashuvlar mavsumi boshlanmoqda.

 

Mazkur uchrashuvlar Prezident Administratsiyasi vakillari, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida 2026-yil 20–25-aprel kunlari tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.

 

Ochiq muloqotlar kino va animatsiya, teatr va sirk, estrada, raqs, adabiyot, blogerlik, muzeylar, arxeologiya, tasviriy va amaliy san’at, madaniyat ta’limi, bolalar kontenti hamda boshqa muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.

 

Uchrashuvlar davomida sohadagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinadi, amaliy taklif va tashabbuslar qabul qilinadi, madaniyat va san’atni rivojlantirishga qaratilgan yangi g‘oyalar ko‘rib chiqiladi.

 

Eng dolzarb va amaliy ahamiyatga ega takliflar mualliflari davlat rahbari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishga taklif etiladi.

 

Tashkilotchilar barcha ijodkorlar, mutaxassislar, tadbirkorlar hamda tashabbuskor yoshlarni faol ishtirok etishga chaqirdi. Ishtirok etish uchun oldindan maxsus bot (@mv_ochiqmuloqot_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"