Jahon

Turkiyadagi maktabda ota-ona o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qildi

Avvalroq Siverek va Qahramanmarashdagi maktablarda ham otishma sodir bo‘lgan edi.

Turkiyadagi maktabda ota-ona o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qildi

Turkiyaning Shanliurfa viloyati Siverek tumanidagi maktablardan birida ota-onalardan biri o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qilishga uringan.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, qurollangan shaxs voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Politsiyaning tezkor aralashuvi natijasida ehtimoliy hujumning oldi olingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

 

Qayd etilishicha, ushbu hodisa so‘nggi kunlarda Shanliurfa viloyatidagi ta’lim muassasalarida kuzatilayotgan navbatdagi xavotirli voqealardan biri bo‘ldi. Avvalroq Siverek tumanidagi maktabda yuz bergan hodisa oqibatida 16 kishi jarohatlangan edi.

 

Shuningdek, 15-aprel kuni Turkiyaning Qahramanmarash shahrida maktabda sodir etilgan qurolli hujumda 9 kishi halok bo'lgani ma'lum qilingan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"