Sport

AQShda futbolchi Lionel Messi firibgarlikda ayblanmoqda

Bunga o‘tgan yilning oktyabr oyida Venesuela terma jamoasiga qarshi o‘yinda futbolchining qatnashmagani va promouterlik kompaniyasining zarar ko‘rgani sabab bo‘lgan.

AQShda futbolchi Lionel Messi firibgarlikda ayblanmoqda

Inter Mayami klubi va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nisbatan firibgarlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu haqda TmzSports xabar berdi.

 

Nashrga ko‘ra, VID promouterlik kompaniyasi Lionel Messi va Argentina Futbol Assotsiatsiyasi (AFA)ga qarshi ko‘p millionli da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Bunga o‘tgan yilning oktyabr oyida Venesuela terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan, reklama qilingan o‘rtoqlik uchrashuvida futbolchi ishtirok etmagani uchun kompaniya zarar ko‘rgani sabab bo‘lgan.

 

Ma’lum qilinishicha, shartnomaga muvofiq, Messi jarohati bo‘lmagan taqdirda kamida 30 daqiqa maydonda harakat qilishi kerak edi. Biroq, u o‘sha o‘yinda hech qanday jarohati bo‘lmasa ham, maydonga tushmagan.

 

Da’vo summasining aniq miqdori hozircha oshkor qilinmagan.

 

Ma’lumot uchun, Messi 2023 yildan beri Inter Mayami safida to‘p surmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"