Jahon

Eron Hormuz bo‘g‘ozini yana yopdi

AQSh Eron portlariga nisbatan bosim choralarini saqlab qolgan.

Eron Hormuz bo‘g‘ozini yana yopdi

 

Eron rasmiylari Hormuz bo‘g‘ozi yana mamlakat qurolli kuchlarining qat’iy nazorati ostiga olinganini ma’lum qildi.

 

Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, Eron Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi AQSh tomonidan Eron portlariga nisbatan blokada davom etayotgan sharoitda Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish harakatlariga cheklovlar qo‘yilishi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

Bayonotda ta’kidlanishicha, agar Qo‘shma Shtatlar Eron portlariga bosim siyosatini davom ettirsa, bo‘g‘oz orqali xalqaro tranzit harakatiga to‘sqinlik qilinishi ehtimoli mavjud.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron portlariga nisbatan blokada saqlanib qolishini va bu choralar Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilgunga qadar davom etishini bildirgan edi.

 

17-aprel kuni Eron Hormuz bo‘g‘ozini tijorat kemalari uchun ochayotganini ma’lum qilgan edi. O‘sha paytda rasmiy Tehron bu qarorni mintaqadagi sulh jarayonlari bilan izohlagan va bo‘g‘oz sulh davomida ochiq bo‘lishini bildirgan.

 

Hormuz bo‘g‘ozi global neft yetkazib berish yo‘nalishlarining eng muhim strategik nuqtalaridan biri hisoblanadi. Shu bois undagi har qanday cheklov xalqaro energetika bozorlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

custom img

AQSh Lotin Amerikasiga yondashuvini o‘zgartirmasa, mintaqada qo‘zg‘olon bo‘lishi mumkin — Gustavo Petro

Kolumbiya prezidenti ayrim sanksiyalar siyosiy bosim vositasiga aylanganini ta’kidladi.

custom img

Janubiy Sudanda 7,5 million kishi oziq-ovqat yordamiga muhtoj

BMT Janubiy Sudandagi keskinlashayotgan vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi.

custom img

Eron havo hududi fuqarolik reyslari uchun qisman ochildi

Mamlakatning sharqiy qismi parvozlar uchun ochilgan, g‘arbiy hududlar esa yopiq qolmoqda.

custom img

Eron dengiz floti dushmanlarga zarba berishga tayyor — Xomanaiy

Eron Oliy rahbari dengiz floti har qanday tahdidlarga qarshi javob berishga tayyorligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh va Eron uchrashuvi 20-aprel kuni o‘tishi mumkin

Uchrashuv hozircha rasman tasdiqlanmagan.

custom img

Isroil va Livan o‘rtasida sulh tuzildi: Netanyaxu yana nimadan norozi?

Isroil va Livan o‘rtasidagi 10 kunlik otashkesimni to‘xtatish uchun sulhga erishildi. Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Hormuz bo‘g‘ozi barcha uchun ochiq ekanligini maʼlum qildi. Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Saarmer boshchiligida Fransiyada 30-40 davlat ishtirokida Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha AQSHsiz o‘tkazilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yaqin Yaqin Sharqda so‘nggi kunlarda ro‘y bergan voqealar tafsiloti.

custom img

Rossiyaga kirayotgan va undan chiqayotgan shaxslarning gadjetlari tekshirilishi mumkin

Talablarga rioya etmaganlar jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortiladi.

custom img

Tramp Kubada yangi operatsiya boshlashi mumkin

AQSH prezidenti Kubada yaqin orada “yangi tong” boshlanishi mumkinligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"