Jahon

Eron dengiz floti dushmanlarga zarba berishga tayyor — Xomanaiy

Eron Oliy rahbari dengiz floti har qanday tahdidlarga qarshi javob berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Eron dengiz floti dushmanlarga zarba berishga tayyor — Xomanaiy

 

Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy mamlakat armiyasi kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida Eron dengiz floti har qanday tahdidlarga qarshi qat’iy javob berishga tayyor ekanini bildirdi.

 

IRNA agentligi xabariga ko‘ra, tabrik matnida Eron qurolli kuchlari, xususan, dengiz floti salohiyati yuqori baholanib, mamlakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida yangi vazifalar belgilab berilgan.

 

Xomanaiy o‘z murojaatida Eron armiyasining mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar va harbiy imkoniyatlarni kengaytirish zarurligini ta’kidlagan.

 

Bayonotda, shuningdek, dron va dengiz kuchlarining har qanday dushmanona harakatlarga qarshi tezkor javob qaytarishga tayyor ekani qayd etilgan.

 

Ma’lumot uchun, Eron armiyasi kuni har yili 18-aprel sanasida nishonlanadi. Bu sana Islom inqilobidan keyin joriy etilgan bo‘lib, mamlakat muntazam armiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan.

 

Mazkur bayonot Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozi ustidan harbiy nazorat kuchaytirilgani haqidagi xabarlar fonida yangragan.

custom img

Ukrainada qurolli shaxs supermarketda otishma uyushtirdi

Hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 kishi jarohatlangan.

custom img

AQSh Lotin Amerikasiga yondashuvini o‘zgartirmasa, mintaqada qo‘zg‘olon bo‘lishi mumkin — Gustavo Petro

Kolumbiya prezidenti ayrim sanksiyalar siyosiy bosim vositasiga aylanganini ta’kidladi.

custom img

Janubiy Sudanda 7,5 million kishi oziq-ovqat yordamiga muhtoj

BMT Janubiy Sudandagi keskinlashayotgan vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi.

custom img

Eron havo hududi fuqarolik reyslari uchun qisman ochildi

Mamlakatning sharqiy qismi parvozlar uchun ochilgan, g‘arbiy hududlar esa yopiq qolmoqda.

custom img

AQSh va Eron uchrashuvi 20-aprel kuni o‘tishi mumkin

Uchrashuv hozircha rasman tasdiqlanmagan.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini yana yopdi

AQSh Eron portlariga nisbatan bosim choralarini saqlab qolgan.

custom img

Isroil va Livan o‘rtasida sulh tuzildi: Netanyaxu yana nimadan norozi?

Isroil va Livan o‘rtasidagi 10 kunlik otashkesimni to‘xtatish uchun sulhga erishildi. Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Hormuz bo‘g‘ozi barcha uchun ochiq ekanligini maʼlum qildi. Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Saarmer boshchiligida Fransiyada 30-40 davlat ishtirokida Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha AQSHsiz o‘tkazilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yaqin Yaqin Sharqda so‘nggi kunlarda ro‘y bergan voqealar tafsiloti.

custom img

Rossiyaga kirayotgan va undan chiqayotgan shaxslarning gadjetlari tekshirilishi mumkin

Talablarga rioya etmaganlar jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"