Jahon

Putin Yevropada urush boshlashi mumkin — The Washington Post

Tahlilchilar Rossiya–Ukraina urushi fonida Yevropaga nisbatan yangi eskalatsiya ehtimoli saqlanib qolayotganini ta’kidlamoqda.

Putin Yevropada urush boshlashi mumkin — The Washington Post

Rossiya–Ukraina urushi davom etayotgan bir paytda Yevropa xavfsizligi masalasi yana kun tartibiga chiqdi. The Washington Post tahlillariga ko‘ra, Vladimir Putin bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishdan bosim ostida qolgan.

 

Rossiya armiyasi katta yo‘qotishlarga qaramay, Ukrainada hal qiluvchi natijaga erisha olmayapti. Shu bilan birga, mamlakatning tashqi qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari cheklangan, Yevropa bilan munosabatlar esa zaiflashgan.

 

Tahlilchilarning tahminicha, bunday sharoitda Putin G‘arb davlatlari to‘liq qayta qurollanib olguniga qadar Yevropaga qarshi yangi urush boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

 

Bu hisob-kitoblarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining pozitsiyasi alohida rol o‘ynashi mumkin, chunki prezident Donald Tramp NATO‘ni qayta-qayta tanqid qilgan, bu esa yevropalik ittifoqchilar orasida xavotir uyg‘otmoqda.

 

Karnegi jamg‘armasi eksperti Yujin Rumer Ukraina urushi Rossiyani zaiflashtirgan bo‘lsa-da, uni yanada tajovuzkor qilishi mumkinligini bildirgan. Bu esa Yevropa uchun uzoq muddatli xavf tug‘diradi.

 

Harbiy tahlilchi Maykl Kofman ham Rossiya frontda jiddiy yutuqlarga erisha olmaganini qayd etgan. Bu holat yangi strategiyalar izlashga turtki bo‘lishi mumkin.

 

Rossiya tomonidan Yevropa davlatlariga nisbatan ritorika ham kuchaymoqda. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Ukrainaga uchuvchisiz uchish apparatlari yetkazib berayotgan davlatlarga, jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya va Niderlandiyaga zarba berish ehtimoli haqida bayonot berdi. Bu kabi bayonotlar rossiyalik mulozimlar, jumladan, sobiq prezident Dmitriy Medvedevning keskin ritorikasi bilan birga yangramoqda.

 

Tahlilchilar vaziyat yanada keskinlashsa, Rossiya tavakkal qadamlarga qo‘l urishi, xususan, NATO jipsligini tekshirib ko‘rishga harakat qilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Potensial ssenariylar qatorida alyansning jamoaviy xavfsizlik mexanizmlari zaif ekanini ko‘rsatish maqsadida Boltiqbo‘yi mamlakatlariga bosim o‘tkazish yoki hatto hujum qilish ehtimoli tilga olinmoqda.

 

Mutaxassislarning fikricha, Ukrainaga qarshi urush butun G‘arb uchun xavfsizlikning asosiy omili bo‘lib qolmoqda. Aynan uning rivoji Rossiyaning keyingi harakatlarini va yaqin yillarda Yevropa uchun tahdidlar darajasini belgilab beradi.

custom img

Rossiyaga kirayotgan va undan chiqayotgan shaxslarning gadjetlari tekshirilishi mumkin

Talablarga rioya etmaganlar jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortiladi.

custom img

Tramp Kubada yangi operatsiya boshlashi mumkin

AQSH prezidenti Kubada yaqin orada “yangi tong” boshlanishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Tramp bir soatda yetti marta yolg‘on gapirdi — Eron parlamenti spikeri

G‘olibaf AQSH blokadasi davom etsa, Hormuz bo‘g‘ozi “ochiq qolmasligini” bildirdi.

custom img

Istanbulda Turkiy davlatlar parlamentining birinchi norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi ishtirok etdi.

custom img

Livan Prezidenti mamlakat endi urushlarda piyoda rolida emasligini aytdi

Jozef Aun mamlakat endi "hech kimning urush maydoni" bo‘lmasligini va Isroil bilan sulh doimiy kelishuvlar ustida ishlashga olib kelishi kerakligini bildirdi.

custom img

Tramp Isroilga Livanga hujum qilishni ta'qiqladi

AQSh prezidenti “Livanni qayta tiklash” bo‘yicha ham tashabbuslar davom ettirilishini bildirgan.

custom img

Eron Hormuz bo'g'ozi ochilganini e'lon qildi

Kemalar Isroil va Livan o'rtasidagi sulh tugagunga qadar bo'g'ozdan Eron bilan kelishilgan yo'nalish bo'ylab o'tishiga ruxsat beriladi.

custom img

Turkiyadagi maktabda ota-ona o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qildi

Avvalroq Siverek va Qahramanmarashdagi maktablarda ham otishma sodir bo‘lgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"