Jahon

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda Songkran festivali vaqtida yo‘l-transport hodisalari keskin oshib, 951 ta YTH qayd etildi.

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda har yili nishonlanadigan Songkran festivali davomida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashib, so‘nggi uch kun ichida 191 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davr mobaynida 951 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, 911 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Eng og‘ir ko‘rsatkichlardan biri sifatida bayramning birinchi kunidayoq 51 kishining hayotdan ko‘z yumgani qayd etildi.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, halokatlarning asosiy sabablari tezlikni oshirish (taxminan 42 foiz) va mast holda transport vositasini boshqarish (27,4 foiz) bilan bog‘liq. Shuningdek, mototsikl haydovchilari tomonidan himoya shlemlaridan foydalanmaslik ham jarohatlar va o‘lim holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p 15:01 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan.

 

Rasmiy statistikalar Tailandni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) a’zolari orasida yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha eng xavfli davlatlar qatorida, 9-o‘rinda ekanini ko‘rsatadi.

 

Songkran festivali Tailand Yangi yili sifatida nishonlanadi va odatda millionlab odamlarning o‘z tug‘ilgan viloyatlariga safar qilishi bilan kechadi. Bayram “dunyodagi eng katta suv jangi” sifatida ham mashhur bo‘lib, ko‘chalarda ommaviy suv sepish an’anasi bilan o‘tkaziladi. Biroq ayni shu davrda yo‘llarda tirbandlik va xavfli harakatlar keskin ortadi.

 

Rasmiylar tomonidan “yetti xavfli kun” deb ataladigan ushbu davrda tezlikni oshirish, mast holda haydash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik eng ko‘p uchraydigan omillar sifatida qayd etiladi.

 

Shu bilan birga, bayram davrida jamoat tartibini buzish holatlari ham qayd etilgan. Xususan, 12-aprel kuni yetti nafar fransiyalik sayyoh yo‘l harakatiga to‘sqinlik qilgani va jamoat tartibini buzganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan. Rasmiylar ularning Songkran paytidagi tartibsiz xatti-harakatlari bo‘yicha ma’muriy choralar ko‘rilganini bildirgan.

custom img

Turkiya Isroilning BMTdagi a’zoligini to‘xtatishni taklif qildi

Parlamenti raisi Isroil siyosatini tanqid qilib, xalqaro choralar ko‘rishga chaqirdi.

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

custom img

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"