Jahon

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘izistonda ijtimoiy tarmoqda “layk” bosgani uchun qamalgan fuqaro bilan bog‘liq holat davlat rahbari e’tiboriga tushdi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning buvisi Prezidentga murojaat yo‘llab, nabirasi Abdullo Ismoilov ijtimoiy tarmoqlarda “layk” bosgani sababli 1 yil 7 oyga ozodlikdan mahrum etilganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yigit Bishkek shahriga olib ketilgan.

 

Qirg‘iziston Prezidenti mazkur holatga munosabat bildirib, fuqaroni faqatgina “layk” bosgani uchun jazolashni noto‘g‘ri deb baholagan.

 

“Prokuror, bu sizning ishingiz, bu sizning nazoratingizda. Layk uchun qo‘lga olishingiz noto‘g‘ri, bu masalani ko‘rib chiqing. Tekshiruv o‘tkazing. Agar onaxonning gapi tasdiqlansa, yigitni darhol ozod qiling. Tushunarlimi? Ikkingiz ham hozir ishlang, onaxondan ma’lumotlarni oling. Agar bu haqiqat bo‘lsa (ozod qiling), bordi-yu boshqa sabab bo‘lsa, u holda iloj yo‘q”, — dedi Sadir Japarov.

 

Davlat rahbari Bosh prokurorga ushbu ishni har tomonlama va sinchiklab o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi. 

custom img

Turkiya Isroilning BMTdagi a’zoligini to‘xtatishni taklif qildi

Parlamenti raisi Isroil siyosatini tanqid qilib, xalqaro choralar ko‘rishga chaqirdi.

custom img

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda Songkran festivali vaqtida yo‘l-transport hodisalari keskin oshib, 951 ta YTH qayd etildi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

custom img

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"