Jahon

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

Saudiya Arabistoni haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlash hamda haj amallarini xavfsiz va tartibli o‘tkazishga qaratilgan bir qator yangi cheklov va tartiblarni e’lon qildi.

 

Saudiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 13-apreldan boshlab Makkaga kirishni istagan aholi vakolatli organlardan rasmiy ruxsatnoma olishlari shart bo‘ladi. Ruxsatnomasiz shaxslarning shaharga kirishi taqiqlanadi. Makkada berilgan yashash ruxsatnomasi egalari, Haj ruxsatnomasi borlar hamda “Absher Individuals” va “Muqeem” platformalari orqali elektron tarzda berilgan va “Tasreeh” tizimi bilan integratsiyalashgan ish ruxsatiga ega shaxslar Makkaga kira oladi.

 

Shuningdek, Umra vizasi bilan Saudiya Arabistoniga kirgan fuqarolar uchun mamlakatni tark etishning yakuniy muddati 2026-yil 18-aprel etib belgilandi.

 

Vazirlik qaroriga ko‘ra, 2026-yil 18-apreldan 2026-yil 31-maygacha Saudiya fuqarolari, Fors ko‘rfazi arab davlatlari fuqarolari, rezidentlar hamda boshqa vizaga ega shaxslar uchun “Nusuk” platformasi orqali Umra ruxsatnomalarini berish vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Bundan tashqari, 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi. 

 

Ichki ishlar vazirligi ushbu tartiblarga rioya qilinmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qo‘llanishini ma’lum qildi.

 

Ma’lumot o‘rnida, “Haj – 2026” mavsumidan boshlab haj safariga boruvchi har bir ziyoratchidan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risidagi rasmiy guvohnoma talab qilinadi. Ushbu guvohnoma Saudiya Arabistonining rasmiy “Nusuk” platformasi orqali tasdiqlanishi lozim.

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

custom img

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

custom img

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

custom img

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Rossiya tomonidan keskin vaziyat fonida 600 dan ortiq xorijlik Eron hududidan olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"