O'zbekiston

Shifokorlar shafqatsiz muomala faktlarini hujjatlashtirishga o‘qitildi

13–14-aprel kunlari Xiva shahrida “Istanbul bayonnomasiga muvofiq qiynoqqa solish va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini sud-tibbiy hujjatlashtirish” mavzusida ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

Shifokorlar shafqatsiz muomala faktlarini hujjatlashtirishga o‘qitildi

“Istanbul bayonnomasiga muvofiq qiynoqqa solish va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini sud-tibbiy hujjatlashtirish” mavzusidagi trening Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisining inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimini barqaror rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihasi doirasida o‘tkazildi.

 

 

Mashg‘ulotlarni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ham ishtirok etdi.

 

Treningdan maqsad – Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi tibbiyot xodimlarining Istanbul bayonnomasiga muvofiq qiynoqqa solish va shafqatsiz muomalani samarali hujjatlashtirish borasidagi xalqaro standartlardan xabardorligini oshirishdan iborat.

 

Tadbirning ochilishida tashkilotchi idoralar rahbarlari va mutaxassislari so‘zga chiqib, ayni mavzu fuqarolarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash uchun g‘oyat dolzarb ekanini ta’kidladilar.

 

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A. Saidov o‘z nutqida xalqaro standartlarni milliy amaliyotga tizimli joriy etish masalalariga e’tibor qaratdi. U 2017-yildan buyon O‘zbekistonda shafqatsiz munosabatning oldini olish bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotganini qayd etib, sifatli sud-tibbiy hujjatlar adolatli sudlovning poydevori ekanligini alohida ta’kidladi. Istanbul bayonnomasini samarali qo‘llash huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tibbiyot muassasalari va ekspertlar hamjamiyati o‘rtasida yaqin idoralararo hamkorlikni talab etishi aytildi.

 

YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, elchi A.Karttunen o‘z nutqida Istanbul bayonnomasining asosiy unsuriga – jabrlanuvchiga yo‘naltirilgan yondashuvga urg‘u berdi. Elchi mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini hamda YEXHTning Nelson Mandela qoidalari va Bangkok qoidalari kabi xalqaro standartlarga muvofiq davlat institutlari salohiyatini mustahkamlashdagi rolini qayd etdi. Shu bilan birga, ushbu jarayonda tibbiyot xodimlarining faoliyati muhim axloqiy ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

 

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Tibbiyot bo‘limining bosh mutaxassisi F. Olimov ishtirokchilar e’tiborini ozodlikdan mahrum etish joylaridagi ishning o‘ziga xos jihatlariga qaratdi. U qiynoqqa solish holatlarini o‘z vaqtida aniqlashda tibbiyot xodimlarining hal qiluvchi rolini alohida ta’kidlab, tibbiy ko‘riklarning to‘liq xolisligi va mustaqilligini ta’minlash zarurligini qayd etdi.

 

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Xorazm filiali boshlig‘i A. Masharipov ekspertizaning qonuniylikni ta’minlashda asosiy vositalardan biri sifatida tutadigan roli haqida to‘xtaldi. U mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish va xalqaro standartlarni joriy etish inson huquqlari himoyasiga bevosita ta’sir qilishini ta’kidladi. A. Masharipov ekspert faoliyatining ilmiy asoslanganligi va mustaqilligi tamoyillariga rioya etishning ahamiyatini uqtirib, olingan bilimlarni Markazning hududiy filiallarida amalda qo‘llash uchun bu kabi o‘quv tadbirlarining muhimligini e’tirof etdi.

 

Treningning amaliy qismi xalqaro ekspertlar — qamoqxonalar islohoti va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro maslahatchi, Xalqaro penitensiar jamg‘arma vakili A. Shambilov hamda Istanbul bayonnomasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan Istanbul bayonnomasi bo‘yicha xalqaro ekspert, Tbilisi davlat tibbiyot universiteti sud tibbiyoti kafedrasi mudiri R. Beriashvili rahbarligida bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ishtirokchilarga o‘n yillik jahon tajribasi asosida ishlab chiqilgan hujjatning yangilangan ikkinchi nashri taqdim etildi. Mutaxassislar axloqiy me’yorlar, intervyu o‘tkazish usullari, jismoniy dalillarni qayd etish hamda nomaqbul o‘tkazilgan muloqotning ruhiy oqibatlarini baholashni o‘z ichiga olgan bayonnoma mazmun-mohiyatini batafsil tahlil qildi. Jabrlanuvchilar bilan ko‘pincha birinchi bo‘lib aloqaga kirishadigan va dalillar bazasini shakllantiradigan birlamchi tibbiy yordam shifokorlarining roliga alohida e’tibor qaratildi.

 

O‘quv mashg‘ulotlari doirasida ishtirokchilar shifokor va bemor o‘rtasida ishonch o‘rnatish texnikalarini, faol tinglash va noverbal muloqot ko‘nikmalarini atroflicha o‘rgandilar. Mutaxassislar suhbatning dastlabki bosqichida ochiq savollardan foydalanish muhimligini tushuntirib berdi. Bemorlarning “fleshbek” kabi kuchli hissiy reaksiyalarini boshqarish mexanizmlari va jabrlanuvchiga ko‘rik jarayonini nazorat qilayotgani hissini berish zarurligi muhokama qilindi. Ma’lumotlarni saqlash tizimiga ishonchning yo‘qligi tergov uchun zarur bo‘lgan muhim tafsilotlarning oshkor etilishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi ta’kidlandi.

Trening yakunida O‘zbekistonda qiynoqlarni hujjatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama etildi. Ishtirokchilar maxfiylikni ta’minlash uchun qabul xonalarida videokuzatuv yo‘qligini ta’minlashni, shuningdek, malakali kadrlar tanqisligini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishni taklif qildi.

 

 

 

custom img

“Kabar” agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Qurbonov vafot etdi

U 2003 yildan buyon xorijiy muxbir sifatida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolis va tezkor yoritib kelgan.

custom img

O‘zbekiston Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini ijaraga oladi

Ushbu yer maydonida ming bosh qoramol parvarishlash rejalashtirilgan.

custom img

Alimentdan qarzdor jizzaxlik ota Toshkentdan topildi

Uning aliment qarzdorligi 60 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa-da, majburiyatini bajarmay kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tadbirkorlar 1 oy ichida jarimaning yarmini to‘lasa, qolganidan ozod qilinadi

Sud tomonidan jarima qarori bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, undirilgan pullar qaytariladi.

custom img

O‘zbekistonda taniqli bloger otasi sirli o‘lim topganini aytmoqda

Holat yuzasidan prokuratura surishtiruv boshladi.

custom img

Chorvoqda qurilish chiqindilari bog‘liq 100 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Reydlar davomida jami 401 tonna turli xil chiqindilar maxsus poligonlarga olib chiqib ketilgan.

custom img

Ayollar jurnalistikasi yanada faollashadi

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi qoshidagi  “Jurnalist ayollar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"