O'zbekiston

O‘zbekistonda tadbirkorlar 1 oy ichida jarimaning yarmini to‘lasa, qolganidan ozod qilinadi

Sud tomonidan jarima qarori bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, undirilgan pullar qaytariladi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar 1 oy ichida jarimaning yarmini to‘lasa, qolganidan ozod qilinadi

O‘zbekistonda tadbirkorlar  1 oy ichida jarima miqdorining 50 foizini to‘lasa, qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarorida belgilandi.

 

“Moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini yanada liberallashtirish va sud nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan tadbirkorlar vakolatli organ tomonidan qo‘llangan moliyaviy jarimani o‘z tanloviga ko‘ra ikki xil tartibda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Birinchi shaklda, qaror topshirilgan kundan boshlab tadbirkor 1 oy ichida jarimaning 50 foizini to‘lash orqali qolgan qismidan ozod etilish mumkin. Ikkinchi shakl esa jarima summasini 6 oy davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, agar moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, undirilgan mablag‘lar 15 kun ichida to‘liq qaytarilishi belgilangan.

 

Qarorga muvofiq, belgilangan muddatda qaytarilmagan mablag‘lar uchun har bir kechiktirilgan kunga Markaziy bankning asosiy stavkasiga bog‘langan holda foiz hisoblanadi. Bu stavka har bir kalendar kuni uchun asosiy stavkaning 300 dan biri miqdorida belgilangan.

custom img

Shifokorlar shafqatsiz muomala faktlarini hujjatlashtirishga o‘qitildi

13–14-aprel kunlari Xiva shahrida “Istanbul bayonnomasiga muvofiq qiynoqqa solish va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini sud-tibbiy hujjatlashtirish” mavzusida ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

custom img

“Kabar” agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Qurbonov vafot etdi

U 2003 yildan buyon xorijiy muxbir sifatida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolis va tezkor yoritib kelgan.

custom img

O‘zbekiston Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini ijaraga oladi

Ushbu yer maydonida ming bosh qoramol parvarishlash rejalashtirilgan.

custom img

Alimentdan qarzdor jizzaxlik ota Toshkentdan topildi

Uning aliment qarzdorligi 60 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa-da, majburiyatini bajarmay kelgan.

custom img

O‘zbekistonda taniqli bloger otasi sirli o‘lim topganini aytmoqda

Holat yuzasidan prokuratura surishtiruv boshladi.

custom img

Chorvoqda qurilish chiqindilari bog‘liq 100 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Reydlar davomida jami 401 tonna turli xil chiqindilar maxsus poligonlarga olib chiqib ketilgan.

custom img

Ayollar jurnalistikasi yanada faollashadi

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi qoshidagi  “Jurnalist ayollar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"