O'zbekiston

Alimentdan qarzdor jizzaxlik ota Toshkentdan topildi

Uning aliment qarzdorligi 60 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa-da, majburiyatini bajarmay kelgan.

Alimentdan qarzdor jizzaxlik ota Toshkentdan topildi

Majburiy ijro byurosining G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan farzandlar taʼminoti uchun aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, davlat ijrochisi huzuriga kelmasdan yurgan fuqaro S.A.ga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi.

 

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi qidiruv shuʼbasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu shaxs Toshkent shahrida IIB xodimlari bilan hamkorlikda aniqlandi. Maʼlum bo‘lishicha, u Toshkent shahrida fuqarolardan birining otlarini parvarishlash bilan shug‘ullanib yurgan.

 

Qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun Byuroning G‘allaorol tumani bo‘limi davlat ijrochisiga topshirilgan.

 

AniqlanishichaS.A.ning aliment bo‘yicha qarzi 60 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

 

Hozirda qarzdorga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"