O'zbekiston

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

 

Farrux Zokirov zamonaviy o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish, milliy estrada ijrochiligini yangi bosqichga olib chiqish, madaniy merosni asrab-avaylash hamda uni xalqaro miqyosda targ‘ib etishdagi ulkan xizmatlari uchun davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonga muvofiq, Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

 

Mukofotlash qarorida ta’kidlanishicha, san’atkorning o‘ziga xos iste’dodi va samarali ijodiy faoliyati milliy estrada san’atini rivojlantirishga, madaniyatimiz nufuzini oshirishga hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan.

 

Shuningdek, u “Yalla” ansambliga asos solib, uni xalqaro miqyosda tan olingan ijodiy jamoaga aylantirgani, yosh ijodkorlarni tarbiyalash va ularning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishdagi hissasi bilan alohida e’tirof etildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur mukofot san’atkorning tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ham topshirildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shuningdek, O'zbekiston Prezidentiga mamlakatda taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — “Shon-sharaf ordeni” topshirildi.

custom img

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi.

custom img

“Qahramonimizsan, shuni bilgin”: Mirziyoyev Sindarovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident yosh grossmeysterga bo‘lajak o‘yinlarda yanada ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.

custom img

O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"