O'zbekiston

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Toshkent viloyatida “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan va hozirda probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxs hamda uning 1995-yilda tug‘ilgan sherigi Yuqorichirchiq tumanidagi dala hududida yashirilgan joydan 2 kilogramm 381 gramm “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini olib chiqayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi va bojxona organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositalari “Telegram” messenjeridagi internet narkodo‘kon orqali Rossiya Federatsiyasidan olib kirilgan.

 

Shuningdek, yana bir holatda Yangiyo‘l shahrida faoliyat yurituvchi tijorat banklaridan birining 2 nafar mutaxassisi avval narkokuryerlar Yangiyo‘l tumanidagi dala maydoniga yashirib ketgan 485 gramm “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, tanishining xonadonida saqlayotganliklari aniqlandi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ulardan ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"