O'zbekiston

“Qahramonimizsan, shuni bilgin”: Mirziyoyev Sindarovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident yosh grossmeysterga bo‘lajak o‘yinlarda yanada ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.

“Qahramonimizsan, shuni bilgin”: Mirziyoyev Sindarovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali suhbatlashdi.

 

Davlat rahbari yosh grossmeysterni O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor ushbu nufuzli musobaqada zafar qozonib, tarixiy natijaga erishgani bilan samimiy tabrikladi. 

 

Suhbat davomida Sindarovning turnirda yuqori darajadagi o‘yin namoyish etib, 13 partiyada 6 ta g‘alabaga erishgani sport olamida kam uchraydigan natija ekani ta’kidlandi. Prezident Sindarovning dunyoning yetakchi shaxmatchilariga qarshi bahslarda jasorat, yuqori mahorat, kuchli iroda va intellektual salohiyat namoyon etganini qayd etdi. 

 

Prezident Sindarovni “qahramon” deya ta’riflab, yil oxirida bo‘lib o‘tadigan jahon toji uchun bahsda ham g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi va unga omad tiladi. Davlat rahbari sportchining ota-onasi, yaqinlari hamda murabbiylarini ham ushbu tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.

 

O‘z navbatida, Sindarov bildirilgan e’tibor va samimiy tilaklar uchun Prezidentga minnatdorlik izhor etdi.

 

Ma’lumot uchun, Sindarov avvalroq 2025-yilgi FIDE Jahon kubogida erishgan g‘alabasi uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 

 

Shuningdek, unga Prezident sovg‘asi sifatida uch xonali xonadon topshirilgan, murabbiylari esa pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilgan.

 

Nomzodlar turniri g‘olibi sifatida Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju ga qarshi jahon toji uchun bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritdi. Turnirning aniq sanasi va o‘tkazilish joyi keyinroq FIDE tomonidan e’lon qilinadi.

custom img

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shuningdek, O'zbekiston Prezidentiga mamlakatda taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — “Shon-sharaf ordeni” topshirildi.

custom img

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi.

custom img

O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"