O'zbekiston

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi.

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

 

Shavkat Mirziyoyev tomonidan Farrux Zokirov ijodini keng targ‘ib qilish va uning merosini yosh avlodga yetkazishga qaratilgan farmon imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Mazkur qarorga muvofiq, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan 7-son bolalar musiqa va san’at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi.

 

Qarorga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasasida “Yalla” nomidagi bolalar ansambli faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, yoshlar ijodiy laboratoriyasi tashkil etilib, “ustoz-shogird” an’analari asosida estrada yo‘nalishida ijrochilik mahorat maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mahorat maktablarida faoliyat yurituvchi ustoz-ijodkorlar davlat budjeti hisobidan har oyda qo‘shimcha rag‘batlantirib boriladi.

 

Bundan tashqari, 2026/2027 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 3 nafardan bolalar musiqa va sanʼat maktabining iqtidorli o‘quvchilaridan iborat guruh shakllantirilib boriladi hamda taʼtil davrida yozgi to‘garakka jalb etilib, estrada xonandaligi bo‘yicha maxsus bepul kurslarda o‘qitiladi.

 

Shu bilan birga, maktabda zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etilishi, o‘quvchilarning ijodiy ishlari televideniye hamda xalqaro onlayn platformalarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

custom img

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shuningdek, O'zbekiston Prezidentiga mamlakatda taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — “Shon-sharaf ordeni” topshirildi.

custom img

“Qahramonimizsan, shuni bilgin”: Mirziyoyev Sindarovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident yosh grossmeysterga bo‘lajak o‘yinlarda yanada ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.

custom img

O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"