O'zbekiston

O‘zbekistonda taniqli bloger otasi sirli o‘lim topganini aytmoqda

Holat yuzasidan prokuratura surishtiruv boshladi.

O‘zbekistonda taniqli bloger otasi sirli o‘lim topganini aytmoqda

Taniqli bloger "Fayzbog‘" kanali asoschisi Temurmalik Tojiddinzoda otasining sirli hodisalar natijasida halok bo‘lganini ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, uning otasi II guruh nogironi, 1956-yilda tug‘ilgan V.T., 14-aprel kuni sirli holatlar natijasida halok bo‘lgan. V.T. 11 yil davomida mahalla raisi bo‘lib ishlagan va bundan 8-yilcha avval pensiyaga chiqqan. 

 

Bloger so‘nggi paytlarda otasi alsgeymer kasalligi bilan kurashayotganini, unga oila a’zolari uy sharoitida qarashib, parvarishlab yurganini qayd etgan.

 

“Lekin, bundan bir hafta oldin, 10-aprel kuni otam sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi. Bir sutka davomida qilgan qidiruv ishlarimiz natijasida, uni Samarqand shahar IIB Samarqand tumani ruhiy xastalar shifoxonasiga olib borib qo‘yganini aniqladik. Keyinchalik, bundan jahlimiz chiqib, o‘sha kunning o‘zidayoq otamni uyga olib keltirmoqchi edik, biroq ish kunlari tugagani sababli (shanba kuni edi), u yerdagi vrachlar bizga bemorni faqatgina dushanba kuni boshliqning ruxsati bilan qo‘yib yuborishini aytib berishmadi. Dushanba kuni erta sahar bilan olib keldik”, deyiladi xabarda.

 

Blogerga ko‘ra, otasining ahvoli o‘sha paytda o‘ta og‘ir bo‘lgan. 

 

“Shifoxonadagi “qassob” shifokorlar otam qoniga o‘ta kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni yuborgan va u uyiga qaytganidan keyin bir sutka davomida o‘ziga kelmay yotib, oxiri 14-aprel, seshanba kuni halok bo‘ldi”, degan bloger.

 

Bloger Samarqand prokuraturasiga holat bo‘yicha tegishli surishtiruv ishlarini olib borishini so‘rab, rasmiy ariza kiritganini, otasining o‘ligi ekspertizadan o‘tkazilganini, endi javobini kutyayotganini yozgan. 

 

U holat bo‘yicha bir qator talablarini qayd etib, uni yuqori darajadagi qattiq nazorat ostida ko‘rib chiqilishini so‘ragan:

 

1. Otam qanday qilib ruhiy shifoxonaga tushib qoldi? Uni kim uyoqqa olib bordi va nima uchun oila a’zolarini bundan xabardor qilmadi?

 

2. Otamni kim va qanday preparatlar bilan uning o‘limiga olib keluvchi ukollar qildirdi? Ekspertiza javoblari chiqquncha holat keyinchalik yopdi-yopdi bo‘lib ketmasligiga kafolatlar kerak.

 

3. Qaysidir bir kichik xodim arzimas jazo olib, voqea bosti-bosti bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Samarqand tumanidagi ruhiy xastalar shifoxonasi faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqilishi va undagi ish jarayoni hamda xodimlar malakasiga tegishli huquqiy va professional baho berilishi lozim. Agar bizdan oldin ham kimdir shunga o‘xshash holatlarga duch kelgan bo‘lsa, menga murojaat qilishlarini so‘rab qolaman.

 

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinovga ko‘ra, holat yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv boshlangan, o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

custom img

Shifokorlar shafqatsiz muomala faktlarini hujjatlashtirishga o‘qitildi

13–14-aprel kunlari Xiva shahrida “Istanbul bayonnomasiga muvofiq qiynoqqa solish va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini sud-tibbiy hujjatlashtirish” mavzusida ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

custom img

“Kabar” agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Qurbonov vafot etdi

U 2003 yildan buyon xorijiy muxbir sifatida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolis va tezkor yoritib kelgan.

custom img

O‘zbekiston Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini ijaraga oladi

Ushbu yer maydonida ming bosh qoramol parvarishlash rejalashtirilgan.

custom img

Alimentdan qarzdor jizzaxlik ota Toshkentdan topildi

Uning aliment qarzdorligi 60 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa-da, majburiyatini bajarmay kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tadbirkorlar 1 oy ichida jarimaning yarmini to‘lasa, qolganidan ozod qilinadi

Sud tomonidan jarima qarori bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, undirilgan pullar qaytariladi.

custom img

Chorvoqda qurilish chiqindilari bog‘liq 100 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Reydlar davomida jami 401 tonna turli xil chiqindilar maxsus poligonlarga olib chiqib ketilgan.

custom img

Ayollar jurnalistikasi yanada faollashadi

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi qoshidagi  “Jurnalist ayollar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"