Jahon

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Rossiya tomonidan keskin vaziyat fonida 600 dan ortiq xorijlik Eron hududidan olib chiqilgan.

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

 

Eronda yuzaga kelgan keskin vaziyat fonida Rossiya tomonidan keng ko‘lamli evakuatsiya tadbiri amalga oshirildi. Ushbu jarayon doirasida jami 632 nafar shaxs xavfsiz hududlarga olib chiqilgan. Bu haqda Ria novosti xabar berdi.

 

Evakuatsiya qilinganlar orasida turli mamlakatlar fuqarolari, jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Xususan, uch nafar o‘zbekistonlik uyushgan guruhlar tarkibida mamlakat hududidan olib chiqilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, evakuatsiya kuchli bombardimon va raketa zarbalari fonida tashkil etilgan. Jarayon davomida to‘rtta maxsus parvoz orqali fuqarolarning jangovar hududdan xavfsiz chiqib ketishi ta’minlangan.

 

Evakuatsiya qilinganlar orasida Bushehr atom elektr stansiyasi xodimlari va ularning oila a’zolari ham bor. Shuningdek, 81 nafar Belarus, 27 nafar Tojikiston fuqarolari, shuningdek Armaniston, Qozogʻiston va Ukraina fuqarolari ham evakuatsiya qilingan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, evakuatsiya jarayoni mintaqadagi xavfsizlik vaziyatidan kelib chiqib amalga oshirilgan bo‘lib, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

custom img

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

custom img

NATO AQShga yordam bermagan va bermaydi — Tramp

AQSh prezidenti alyans ishonchliligiga shubha bildirib, keskin bayonot berdi.

custom img

Qirgʻizistonda Qamchibek Tashiyevga yaqin shaxslar hibsga olindi

Sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va biznes vakillari qo‘lga olingan.

custom img

Ikki kun ichida muzokaralar bo‘yicha muhim o‘zgarish bo‘lishi mumkin — Tramp

Vashington va Tehron muloqoti uchun yangi joylar, jumladan Yevropa ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters

Shunga o'xshash holatlar Ruminiya, Gretsiya, Bolgariya va Serbiyada ham qayd etilgan.

custom img

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Sergey Lavrov ikki davlat tashqi bosimlardan mustaqil ravishda energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniga egaligini bildirdi.

custom img

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

Yaqin Sharqdagi urush fonida Rossiya nefti savdosiga vaqtinchalik ruxsat berilgan. Mazkur yengillik 11-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"