Jahon

Qirgʻizistonda Qamchibek Tashiyevga yaqin shaxslar hibsga olindi

Sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va biznes vakillari qo‘lga olingan.

Qirgʻizistonda Qamchibek Tashiyevga yaqin shaxslar hibsga olindi

 

Qirgʻizistonda xavfsizlik tizimi doirasida keng ko‘lamli tergov harakatlari olib borilmoqda. Harbiy prokuratura tomonidan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tizimida bir qator hibsga olishlar amalga oshirildi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

 

Tergov doirasida asosiy shaxslardan biri sifatida qo‘mitaning sobiq raisi o‘rinbosari Timur Shabdanbekov ko‘rilmoqda. U mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda.

 

Mazkur jinoyat ishi doirasida amaldagi va sobiq maxsus xizmat xodimlari, shuningdek biznes va davlat sektori vakillari ham qo‘lga olingan. Xususan, Akilbek Mamatov hamda Bekzat Abdikaxarov hibsga olinganlar qatoridan joy olgan.

 

Tergov jarayonlari mamlakat xavfsizlik tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar fonida kechmoqda. Avvalroq Sadir Japarov tomonidan Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgan edi. Shundan so‘ng, idora faoliyati yuzasidan keng ko‘lamli audit boshlangan.

 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxslarning ayrimlari avvalgi rahbariyatga yaqin bo‘lgan. Jumladan, ayrim biznes vakillarining xavfsizlik tizimi sobiq rahbariyati bilan uzoq yillik aloqalari qayd etilmoqda.

 

Bundan tashqari, ushbu jarayonlar doirasida qo‘mita raisining yana bir sobiq o‘rinbosari — Daniel Risaliev ham hibsga olingan, keyinchalik esa uy qamog‘iga o‘tkazilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Harbiy prokuratura ish tafsilotlarini oshkor etmayapti, biroq ayrim gumonlanuvchilarning mol-mulki musodara qilingani ma’lum qilingan.

custom img

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

custom img

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Rossiya tomonidan keskin vaziyat fonida 600 dan ortiq xorijlik Eron hududidan olib chiqilgan.

custom img

NATO AQShga yordam bermagan va bermaydi — Tramp

AQSh prezidenti alyans ishonchliligiga shubha bildirib, keskin bayonot berdi.

custom img

Ikki kun ichida muzokaralar bo‘yicha muhim o‘zgarish bo‘lishi mumkin — Tramp

Vashington va Tehron muloqoti uchun yangi joylar, jumladan Yevropa ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters

Shunga o'xshash holatlar Ruminiya, Gretsiya, Bolgariya va Serbiyada ham qayd etilgan.

custom img

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Sergey Lavrov ikki davlat tashqi bosimlardan mustaqil ravishda energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniga egaligini bildirdi.

custom img

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

Yaqin Sharqdagi urush fonida Rossiya nefti savdosiga vaqtinchalik ruxsat berilgan. Mazkur yengillik 11-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"