NATO AQShga yordam bermagan va bermaydi — Tramp
AQSh prezidenti alyans ishonchliligiga shubha bildirib, keskin bayonot berdi.

AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan postida alyans Qo‘shma Shtatlarga zarur paytda yordam ko‘rsatmaganini va kelajakda ham bunday qo‘llab-quvvatlash bo‘lmasligini ta’kidlagan.
“NATO bizga yordam bermadi va kelajakda ham yordam bermaydi”, — deya qayd etgan Tramp.
Uning fikricha, AQSh kelgusida xavfsizlik masalalarida alyans yordamiga tayanmasligi kerak. Tramp, shuningdek, NATO hamkorlarining ishonchliligi borasida uzoq vaqtdan beri shubha bildirib kelayotganini yana bir bor eslatgan.
Avvalroq AQSh prezidenti alyansni “qog‘oz yo‘lbars” sifatida baholagan hamda tashkilotning samaradorligiga shubha bilan qarashini bildirgan edi. U hatto NATOdan chiqish ehtimolini ham ko‘rib chiqayotganini qayd etgan.
The Telegraph nashriga bergan intervyusida Tramp NATOning real kuch sifatida ta’siri cheklanganini ta’kidlab, ushbu pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlagan.








