Jahon

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Turkiyada Shanliurfa va Qahramonmarashda yuz bergan maktabdagi otishmalar yuzasidan keng ko‘lamli tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

 

Turkiya Ichki ishlar vazirining ma’lum qilishicha, Qahramonmarashdagi hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, ularning 8 nafari o‘quvchi, biri o‘qituvchi. Yana 13 kishi tan jarohati olgan bo‘lib, 6 nafari reanimatsiyada, 3 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Dastlab 4 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgandi.

 

Rasmiy bayonotga ko‘ra, jinoyatni targ‘ib qiluvchi va jamoat tartibiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarilgan hamda ularga nisbatan tegishli huquqiy choralar ko‘rilgan. Shuningdek, 940 ta ijtimoiy tarmoq akkauntiga kirish cheklovi joriy etilib, 93 ta Telegram guruhi yopilgan.

 

Qahramonmarashdagi qurolli hujum yuzasidan olib borilgan tergov doirasida hujumni sodir etgan shaxs — Isa Aras Mersinlining otasi Ugur Mersinli hibsga olingani ma’lum qilindi. Dastlabki o‘rganishlarda gumonlanuvchining WhatsApp profilida 2014-yilda AQShda hujum sodir etgan Elyot Rojerga ishora qiluvchi tasvirdan foydalangani aniqlangan.

 

Shanliurfaning Siverek tumanida sodir bo‘lgan yana bir maktab hujumi yuzasidan esa qo‘lga olinganlar soni 18 nafarga yetdi. Tergov davomida tahdidli izohlar qoldirgan hamda yolg‘on ma’lumotlarni ochiq tarqatgan shaxslar ham aniqlanib, ushlangan. Ushbu otishmada hujum qilgan shaxs o'z joniga qasd qilgan hamda 16 kishi yaralangandi.

 

Hodisa yuzasidan keng qamrovli tergov ishlari olib borilmoqda. Ichki ishlar vazirligi tomonidan 4 nafar ma’muriy va 4 nafar politsiya bosh inspektori jalb etilgan. Adliya vazirligi 3 nafar bosh prokuror o‘rinbosari hamda 4 nafar prokurorni ishga safarbar qilgan. 

 

Shuningdek, Milliy ta’lim vazirligi tomonidan ham alohida tekshiruvlar boshlangan.

 

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

custom img

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

custom img

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Rossiya tomonidan keskin vaziyat fonida 600 dan ortiq xorijlik Eron hududidan olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"