Jahon

“4-5 dollarlik benzinni qo‘msab qolasiz”: Eron Trampning Hormuz blokadasiga javob berdi

Tehron blokadaga javoban bo‘g‘ozdagi har qanday harbiy kemalarga zarba berilishi mumkinligini bildirdi.

“4-5 dollarlik benzinni qo‘msab qolasiz”: Eron Trampning Hormuz blokadasiga javob berdi

Islomobod muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangach Tramp Hormuz bo‘g‘ozida Eron portlariga kirib chiqadigan barcha dengiz qatnovlari to‘xtatilishini ma’lum qildi. Tehron esa bunday choraga javoban bo‘g‘ozdagi har qanday harbiy kemalarga zarba berilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda CNN yozmoqda.

 

CNN xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi mojaroning 44-kunida AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan ikki haftalik vaqtinchalik sulh amalda ekanini aytgan. Bu bayonot Pokistonda o‘tkazilgan, biroq natijasiz yakunlangan muzokaralardan so‘ng berildi.

 

AQSh harbiylari prezident topshirig‘iga binoan dushanba kuni Sharqiy vaqt bilan soat 10:00 dan boshlab Hormuz bo‘g‘ozi orqali Eron portlariga kirib-chiqadigan barcha dengiz qatnovini blokadaga olishini bildirgan. 

 

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf Trampning Hormuz blokadasiga javoban, Oq uy yaqinidagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi aks etgan xaritani X sahifasida e’lon qildi.

 

“Hozircha, yonilg‘i narxlaridan zavqlaning. ’Blokada’da esa 4-5 dollarlik benzin siz uchun nostalgiyaga aylanadi” — deb yozdi G‘olibaf.

 

Blokada haqidagi xabarlar fonida yakshanba kuni neft narxi yana barreli uchun 100 dollardan oshdi, Brent markali neft esa 8 foizga qimmatlashdi. Tahlilchilarga ko‘ra, blokada jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va yonilg‘i narxlarini yuqori darajada ushlab turishi mumkin.

 

Shu bilan birga, mintaqadagi diplomatik faollik ham davom etmoqda. Joriy hafta Isroil va Livan vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda. Ayni paytda Isroilning Eron qo‘llab-quvvatlaydigan  “Hizbulloh”ga qarshi hujumlari davom etib, qurbonlar borligi xabar qilinmoqda.

 

Eron oliy rahbari maslahatchisi Muhsin Rizoyi AQShning dengiz blokadasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron qurolli kuchlari bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi va tahdidlarga qarshi turish uchun yetarli salohiyatga ega.

 

Shuningdek, u AQShning bunday rejalarini tanqid qilib, “Eron tvitlar va xayoliy blokada rejalari bilan jilovlanadigan mamlakat emas”, deya ta’kidladi.

 

custom img

Rossiyaga kirayotgan va undan chiqayotgan shaxslarning gadjetlari tekshirilishi mumkin

Talablarga rioya etmaganlar jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortiladi.

custom img

Tramp Kubada yangi operatsiya boshlashi mumkin

AQSH prezidenti Kubada yaqin orada “yangi tong” boshlanishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Tramp bir soatda yetti marta yolg‘on gapirdi — Eron parlamenti spikeri

G‘olibaf AQSH blokadasi davom etsa, Hormuz bo‘g‘ozi “ochiq qolmasligini” bildirdi.

custom img

Putin Yevropada urush boshlashi mumkin — The Washington Post

Tahlilchilar Rossiya–Ukraina urushi fonida Yevropaga nisbatan yangi eskalatsiya ehtimoli saqlanib qolayotganini ta’kidlamoqda.

custom img

Istanbulda Turkiy davlatlar parlamentining birinchi norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi ishtirok etdi.

custom img

Livan Prezidenti mamlakat endi urushlarda piyoda rolida emasligini aytdi

Jozef Aun mamlakat endi "hech kimning urush maydoni" bo‘lmasligini va Isroil bilan sulh doimiy kelishuvlar ustida ishlashga olib kelishi kerakligini bildirdi.

custom img

Tramp Isroilga Livanga hujum qilishni ta'qiqladi

AQSh prezidenti “Livanni qayta tiklash” bo‘yicha ham tashabbuslar davom ettirilishini bildirgan.

custom img

Eron Hormuz bo'g'ozi ochilganini e'lon qildi

Kemalar Isroil va Livan o'rtasidagi sulh tugagunga qadar bo'g'ozdan Eron bilan kelishilgan yo'nalish bo'ylab o'tishiga ruxsat beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"