O'zbekiston

2025-yilda 765 ta dorixonada narxlarni asos­siz oshirish holatlari aniqlandi

Dorixonalar asossiz oshirish orqali qariyb 8 mlrd so‘m noqonuniy daromad olgan.

2025-yilda 765 ta dorixonada narxlarni asos­siz oshirish holatlari aniqlandi

 

Raqobat qo‘mitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan savdo ustamalarini oshirib qo‘llash holatlari aniqlanib, bu boradagi huquqbuzarliklar tizimli tarzda bartaraf etilmoqda. Bu haqda qo'mitaning matbuot xizmati xabar berdi.

 

O‘tgan 2025-yil davomida “Fair tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan ma’lumotlar asosida 765 ta dorixona (119 ta ulgurji va 646 ta chakana) 267 456 holatda 7,95 mlrd so‘m miqdorida asos­siz daromad olgani aniqlangan va iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, ularning huquqlari tiklangan. Shu bilan birga, litsenziya talablarining buzilishi bo‘yicha ma’lumotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etilgan.

 

Hududlar kesimida aniqlangan holatlar:

  • Qoraqalpog‘iston: 26 dorixona, 5 311 holat, 130,3 mln so‘m
  • Andijon: 26 dorixona, 3 200 holat, 95,5 mln so‘m
  • Buxoro: 53 dorixona, 38 355 holat, 929,4 mln so‘m
  • Jizzax: 23 dorixona, 1 042 holat, 56,4 mln so‘m
  • Qashqadaryo: 50 dorixona, 2 783 holat, 203,6 mln so‘m
  • Navoiy: 79 dorixona, 20 645 holat, 329 mln so‘m
  • Namangan: 56 dorixona, 36 310 holat, 575,2 mln so‘m
  • Samarqand: 57 dorixona, 5 167 holat, 1 231 mln so‘m
  • Surxondaryo: 53 dorixona, 9 445 holat, 1 570,2 mln so‘m
  • Sirdaryo: 33 dorixona, 2 782 holat, 208,6 mln so‘m
  • Toshkent viloyati: 63 dorixona, 21 983 holat, 735,1 mln so‘m
  • Farg‘ona: 35 dorixona, 22 760 holat, 310,1 mln so‘m
  • Xorazm: 25 dorixona, 3 867 holat, 199,3 mln so‘m
  • Toshkent shahri: 173 dorixona, 131 219 holat, 1 404,7 mln so‘m

 

Raqobat qo‘mitasi dori vositalarini narxini asossiz oshirgan dorixonalarga nisbatan nazorat ishlarini davom ettirib, qonunchilik talablarini buzgan dorixonalar ro‘yxatini ochiq tarzda e’lon qilib borishini ma’lum qiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"