O'zbekiston

To‘y korteji uyushtirgan kuyov 27 mln so‘mdan ortiq jarima to‘ladi

Holat Andijon viloyatida sodir bo'lgan.

To‘y korteji uyushtirgan kuyov 27 mln so‘mdan ortiq jarima to‘ladi

 

Andijon viloyati Baliqchi tumanida to‘y sabab kuyov jarimaga tortildi. Bu haqida Majburiy ijro byurosining Andijon viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Xabar berilishicha, Baliqchi tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaroning to‘yi munosabati bilan to‘y korteji Baliqchi tuman markazida guruh bo‘lib harakatlangan. Bu holatni avtomashinadan tanasini chiqarib, video tasvirga olib ketayotgan operator avtomashinasi viloyat IIB YHXB haydovchi operatori tomonidan to‘xtatilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi bildirilgan.

 

Shundan so‘ng, kuyov va uning do‘stlari bu holatga qarshilik ko‘rsatib, xizmat vazifasini o‘tayotgan xodim bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazishgan.

 

Hozirda mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudida ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan 27 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan. Shuningdek, ushbu jarima pullari undirilgan.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"