Sport

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona surd

20 yoshli shaxmatchimiz musobaqada 3 ta g‘alaba, 4 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona surd

 

Ayni kunlarda Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha 6-“Tata Steel Chess India” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi.

 

Barcha davrning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida e’tirof etiladigan Karlsenga qarshi qora donalarda harakatlangan Abdusattorov garchi g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan bo‘lsa ham, yakunda durangga imzo chekdi.

 

9-tur yakunlariga ko‘ra, 20 yoshli Abdusattorov 3 ta g‘alaba, 4 ta durang 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

 

Ma’lumot uchun, 17 noyabrga qadar davom etadigan nufuzli turnirda jahonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Musobaqada g‘olib bo‘lgan shaxmatchi 10 ming, 2-o‘rin egasi 6 ming va 3-o‘rin sohibi 3 ming AQSH dollari pul mukofotiga ega chiqadi.

custom img

AQShda futbolchi Lionel Messi firibgarlikda ayblanmoqda

Bunga o‘tgan yilning oktyabr oyida Venesuela terma jamoasiga qarshi o‘yinda futbolchining qatnashmagani va promouterlik kompaniyasining zarar ko‘rgani sabab bo‘lgan.

custom img

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirini rekordlar bilan yakunladi

O‘zbekistonlik shaxmatchi turnirni mag‘lubiyatsiz va 6 g‘alaba bilan tugatdi.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

Futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi

Avilov faoliyati davomida mamlakatning bir qator yetakchi klublarida to‘p surgan. Uning o‘lim sababi hozircha ochiqlanmagan.

custom img

O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani jami 11 ta medal bilan yakunladi.

custom img

Javohir Sindarov ketma-ket 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Sindarov FIDE Nomzodlar turnirida Xitoyning birinchi raqamli grossmeysteri Wei Yi’ni mag‘lub etib peshqadamligini mustahkamladi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

O‘zbekistonlik himoyachi ushbu sovrin uchun kurashda jamoadoshlari Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi.

custom img

Turkiya 24 yil o‘tib JCHga qaytdi

To‘rt karra Jahon chempionlari bo‘lgan Italiya qatorasiga uchinchi bor mundialsiz qoladigan bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"