O'zbekiston

Samarqandda Labo voyaga yetmagan bolani bosib ketdi

Bola olgan og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etgan.

Samarqandda Labo voyaga yetmagan bolani bosib ketdi

 

Samarqandda Labo urib ketgan velosipedchi bola vafot etdi. Bu haqida viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, 23 iyul kuni soat taxminan 14:00 larda haydovchi Labo rusumli avtomobilini boshqarib kelayotib, yo‘lning qatnov qismidan harakatlanib kelayotgan voyaga yetmagan velosipedchini urib yuborib, YTH sodir qilgan.

 

Oqibatda, voyaga yetmagan velosipedchi tan jarohatlari bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan olib borilgan muolajalarga qaramay, bola shifoxonada vafot etgan.

 

"Bolani kelayotgani ko‘rmay qoldim. Shifokorlardan xushyor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Velosiped haydovchilaridan ham xushyorlikni so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman", — dedi Labo haydovchisi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, YTHning asosiy sababi voyaga yetmagan bola qarovsiz ko‘chaga chiqqanligi va haydovchining ehtiyotsizligi. Hozirgi kunda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"