O'zbekiston

Surxondaryoda IIBga tegishli “avtozak” Neksiya bilan to‘qnashdi

Ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryoda IIBga tegishli “avtozak” Neksiya bilan to‘qnashdi

 

Surxondaryo viloyati Denov tumanida IIBga qarashli avtozak va fuqarolardan biriga tegishli Neksiya to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

 

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 19 yanvar soat 20:00 larda sodir bo‘lgan.

 

Denov tumani Vodiy mahallasi hududidan o‘tuvchi “4R 108 V” avtomobil yo‘lining 3-kilometrida 50 yoshli haydovchi Neksiya mashinasini boshqarib kelayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. So‘ng boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Surxondaryo viloyati IIB xo‘jalik bo‘limiga tegishli “GAZon Nekst” rusumli “avtozak” maxsus transport vositasining yo‘nalishiga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.

 

Hodisa oqibatida Neksiya urib yuborgan 41 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Neksiya haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan. Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"