O'zbekiston

O'tgan yili 200 milliard so'mlik kamomad va o'g'riliklarga yo'l qo'yilgan

"O‘zgidromet" rahbariyati byudjetdan tashqari o‘zlariga bir necha karra ko‘p mukofotlar yozib kelgan.

O'tgan yili 200 milliard so'mlik kamomad va o'g'riliklarga yo'l qo'yilgan

 

O‘tgan yili byudjetdan 1,2 trillion so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 milliard so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

 

Masalan, Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan. Yoki, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyalari 18 ta obyektda amalda bajarilmagan 50 milliard so‘mlik ishlarni hisobotlarga qo‘shib yozgan.

 

Sergeli obodonlashtirish boshqarmasida aslida ishlamagan xodimlarga 4,3 milliard so‘m to‘langan. Qo‘shrabot ta’lim bo‘limi buxgalteri tomonidan 3 milliard so‘m naqd pul va 1,5 milliard so‘m mablag‘ plastik karta orqali noqonuniy o‘zlashtirilgan.

 

"O‘zgidromet" rahbariyati byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asossiz 1,3 milliard so‘m ssuda olgan, shuningdek, o‘zlariga bir necha karra ko‘p mukofotlar yozib kelgan. Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi va mablag‘larning byudjetga qaytarilishi ta’minlanadi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"