O'zbekiston

Prezident sanoat sohasidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Mirziyoyev hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmasevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident sanoat sohasidagi kamchiliklarni tanqid qildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmasevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar va sharoitlar natijasida so‘nggi besh yilda ushbu uchta tarmoqda ishlab chiqarish 2,6 barobar oshgan, ularning sanoatdagi ulushi 7 foizga yetgan. Shuningdek, 231 turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtirilib, eksport 1,6 milliard dollarni tashkil etgan.

 

Joriy yilning o‘zida elektrotexnikada 163 million dollarlik 39 ta, kimyo sanoatida 70 million dollarlik 17 ta va farmasevtikada 87 million dollarlik 57 ta korxona ishga tushdi.

 

 

Shu bilan birga, bu tarmoqlarda foydalanilmagan imkoniyatlar hali ko‘p. Ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish elektrotexnikada 50 foizga, kimyo sanoatida 40 foizga, farmasevtikada 18 foizga ham yetmaydi.

 

Hududlarda tashkil qilingan zonalardan hamda sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti. 116 ta korxonaga olib kelingan 85 million dollarlik sanoat uskunasi ishga tushmasdan turibdi. 727 ta korxona to‘liq quvvatda ishlamayapti.

 

Yig‘ilishda shu kabi kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, dolzarb vazifalar belgilandi.

 

– Hokimliklar sanoat tarmoqlari bilan uzviy bog‘liqlikda ishlab, hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishi, loyihalarni ko‘paytirishi zarur. Shundagina joylarda iqtisodiy o‘sish, ish o‘rni, byudjetga tushum bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Kelgusi yilda mazkur 3 tarmoqda 12 milliard 700 million dollarlik 24 ta yirik loyiha boshlanishi qayd etildi. “Navoiyazot”da polivinilxlorid va Qo‘ng‘irotda kalsiylangan soda quvvatlarini kengaytirish, Qorako‘lda metanoldan olefin olish, Samarqandda maishiy texnika va avtomobillar uchun metall listlar ishlab chiqarish loyihalari shular jumlasidandir.

 

 

Davlatimiz rahbari bu loyihalarga kerak bo‘ladigan qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib berishga mahalliy korxonalarni jalb etish muhimligini ta’kidladi.

 

Shuningdek, tarmoq va hududlar birgalikda ishlab, elektrotexnikada 2,1 milliard dollarlik 190 ta, kimyo sanoatida 3,8 milliard dollarlik 139 ta, farmasevtikada 1,5 milliard dollarlik 110 ta o‘rta va kichik loyihalarni shakllantirgan. Yig‘ilishda Prezident ularning quvvati, yaratilajak mahsulotlar turi va ish o‘rniga e’tibor qaratib, loyihalarni jadallashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"