O'zbekiston

O'zbekistonda sentyabr-noyabr oylarida kutilayotgan ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati O'zbekiston bo'yicha kuz mavsumi uchun prognozlarini e'lon qildi.

O'zbekistonda sentyabr-noyabr oylarida kutilayotgan ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi

 

"O'zgidromet" 2023-yilning sentyabr-noyabr oylarida kutilayotgan ob-havo ma'lumotlari prognozini e'lon qildi.

 

Unga ko'ra, sentyabr oyida o'rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lib, 18-25 darajani tashkil etadi. Oyning birinchi yarmida harorat asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 33-38 daraja bo‘ladi. Oyning ikkinchi yarmida harorat kechalari 13-18 darajadan 8-13 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajadan 23-28 darajagacha o‘zgarib turadi.

 

 

Ushbu oyda oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda odatiy me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Sentyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, janubda esa yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.

 

Oktyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha me’yor atrofida bo‘lib, 10-12 darajani, janubda 16-18 darajani tashkil etadi. Oy davomida harorat kechalari 10-15 daraja iliqdan 3-8 darajagacha o‘zgarib turadi, oy oxirida 0-2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 23-28 daraja iliqdan 13-18 darajagacha o‘zgarib turadi.

 

 

Shimoliy hududlarda, oy davomida havo harorati kechalari 8-13 daraja iliqdan 1-6 darajagacha o‘zgarib turadi. Shuningdek, ba'zi kunlari harorat 0-3 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan 20-25 darajagacha o‘zgarib turadi.

 

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p, shimolda va janubda ba’zi joylarda me’yordan kam bo'lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

 

Noyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, 2-8 daraja iliqni, janubda esa 10 darajagacha iliq bo'ladi.

 

 

Ushbu oyda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik me’yorga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda, faqat respublikaning janubi-g‘arbida biroz ehtimollik bilan yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"