O'zbekiston

Respublikaning qator hududlarida o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan OTM xodimlari ushlandi

Xususan, Qo‘qon shahridagi banklardan birining mutaxassisi va Qo‘qon davlat pedagogika instituti dekani o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Respublikaning qator hududlarida o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan OTM xodimlari ushlandi

 

DXX respublikaning qator hududlarida OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi.

 

Jumladan, Qo‘qon shahridagi banklardan birining mutaxassisi o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida, uning o‘g‘lini Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu pul mablag‘ini mazkur oliy taʼlim muassasasida dekan lavozimida ishlovchi shaxsga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va u ham pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Boshqa holatda esa Farg‘ona shahridagi xususiy universitet direktorining o‘rinbosari muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lsa-da, fuqaroning O‘sh davlat pedagogika universitetidagi o‘qishini Chirchiq davlat pedagogika institutiga ko‘chirib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Shuningdek, Xorazm viloyatida kuzatilgan holatda, Urganch tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Urganch davlat universitetining Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"