O'zbekiston

Davlat raqami belgilari berganlik uchun to‘lov miqdorlari o‘zgartirildi

Yangi tartib 1-noyabrdan kuchga kiradi.

Davlat raqami belgilari berganlik uchun to‘lov miqdorlari o‘zgartirildi

 

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi.

 

Hujjatga ko'ra, 2023-yil 1-noyabrdan to‘lov stavkalari quyidagi miqdorda belgilandi:

 

  • Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
  • Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga RO‘DRB uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida;
  • Tranzit RO‘DRB uchun – BHMning 25 foizi miqdorida;
  • Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
  • Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida.

 

Shuningdek:

 

  • yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
  • yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
  • RO‘DRBni 12 oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.

 

Yangi tartib 2023-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"