O'zbekiston

Bo‘stonliqda “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi

Kurortni qurish maqsadida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 47,9 million yevro miqdoridagi qarz mablag‘larini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Bo‘stonliqda “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi

 

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi. Bu 8 avgust kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.

 

“Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish maqsadida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 47,9 million yevro miqdoridagi qarz mablag‘larini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.

 

Loyiha doirasida Milliy bank tomonidan 20 million dollar miqdorida taqdim etiladigan kreditning garov taʼminoti sifatida “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi” davlat unitar korxonasi tomonidan sotib olinadigan uskunalar belgilandi.

 

Qayd etilishicha, Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlarini quradi. "Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.

 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi loyiha doirasida 2 515 m balandlikdagi o‘rta-stansiyasigacha vaqtinchalik yo‘l o‘tkazadi.

 

“O‘zbektelekom” telekommunikatsiya tarmoqlarini tortish va o‘rnatish ishlarini bajaradi.

 

Hujjat bilan transport tashkilotlari avtomobil yo‘llarida og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining harakatlanishi uchun to‘lovlardan ozod etildi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"