O'zbekiston

Mahallalarda 5 mingta sport maydonchasi tashkil qilinadi

Sport maydonchalaridan foydalanish bepul bo‘ladi va vaqti chegaralanmaydi

Mahallalarda 5 mingta sport maydonchasi tashkil qilinadi

 

Prezidentning "Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari uchun 2030 yilgacha 5 000 ta sport maydonchalari tashkil qilinadi. 

 

Hujjatga muvofiq 2023-yil 1-avgustdan:

 

  • olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda maktablar hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimiga o‘tkaziladi; 

  • sport maydonchalarining joylashuv hududidan qatʼi nazar (taʼlim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul bo‘ladi va vaqti chegaralanmaydi;

  • sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi mahallalardagi yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan tashkil etiladi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"