O'zbekiston

Toshkentda harbiy xizmat o‘tayotgan samarqandlik yigit vafot etdi

24 yoshli askar 27-iyun kuni pnevmoniya kasalligidan vafot etgan. Ammo marhumning oila aʼzolari bunga shubha qilmoqda.

Toshkentda harbiy xizmat o‘tayotgan samarqandlik yigit vafot etdi

 

FVV tizimidagi Toshkentda joylashgan harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yashar samarqandlik yigit vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi, deya yozmoqda Gazeta.uz. 

 

Maʼlum qilinishicha, Urgut tumani «Mingtepa» mahallasida yashagan yigit Toshkentdagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan vaqtida, yaʼni 27 iyun kuni pnevmoniya kasalligidan vafot etgan. Ammo marhumning oila aʼzolari bunga shubha bildirmoqda.

 

«26-iyun kuni ukangizning mazasi yo‘q, harbiy gospitalga tushib qoldi, kelmasangiz bo‘lmaydi, deb komandiri telefon qildi. 24 iyun kuni tushlikdan keyin [ukam] bilan gaplashgan edik. Sog‘lig‘idan shikoyat qilmagandi. Shifokor ko‘karib ketgan holatda keldi, deyapti. Pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Komandirlari birdaniga o‘zidan ketib qoldi, deyishdi. O‘zidan ketish jarayoni, harbiy gospitalga kirib borishi [aks etgan] videotasvir kerak bizga. Shu bilan qiziqyapmiz», — deydi marhumning akasi.

 

Uning aytishicha, ukasi o‘z ajali bilan vafot etmagan.

 

«Salomatligidan hech qanday shikoyat qilmagan, shifokor ko‘rigida turmagan, voyenkomatdan yaxshi o‘tgan. Ukamning bel sohasida shilinib ketgan joyi bor, rasm va videoga olganmiz. O‘z ajali bilan o‘lmagan-da. Nimadir bo‘lgan, bizdan yashirishyapti. Yuz sohasida barmoq izi bor, og‘izning ichida yirtilish bor. Ukam harbiy xizmatdan kelganidan keyin to‘yini qilamiz, degan yaxshi niyatlarimiz bor edi. Kuyovlik nasib etmadi», — deydi marhumning akasi.

 

Respublika Harbiy prokurorining katta yordamchisi Sherzod Hayitov marhum Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘taganini maʼlum qildi.

 

«Hozirda holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari nazoratga olingan», — dedi Sherzod Hayitov.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"