«Targ‘ibot tadbirlari balki kerakdir, lekin bunaqa formatda emas» — Muhrim Aʼzamxo‘jayev

Tarmoqlarda IIB xodimlarining bog‘cha bolalariga maʼruza qilgani aks etgan video tarqaldi. Bu esa jamoatchilik tanqidlariga sabab bo‘ldi. Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga aniqlik kiritdi.

«Targ‘ibot tadbirlari balki kerakdir, lekin bunaqa formatda emas» — Muhrim Aʼzamxo‘jayev

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimlari kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga maʼruza qilayotgani, xususan, tarbiyalanuvchilarga oq bilan qorani farqlash, bir ishni qilishdan oldin oqibatini o‘ylash haqida gap ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu esa jamoatchilik tanqidlariga sabab bo‘ldi.

 

Xususan, jurnalist Muhrim Aʼzuamxo‘jayev quyidagicha fikr bildirdi: 

 

«...Bunaqa targ‘ibot tadbirlari balki kerakdir, lekin bunaqa formatda emas. Melisa, shoshilinch xizmatlarning nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham qiziq qismi — YPX, o‘t o‘chirish, qutqaruv xizmati. Shular bog‘chalarga salqin vaqtda maxsus texnikalari bilan kelib, ko‘rgazmali chiqishlar qilib, shuni orasida boyagi nasihatini qilib ketsa, balki taʼsirliroq, targ‘ibot ham samaraliroq bo‘lar. Har holda, bolalar esdan chiqarmaydi bunaqa narsani».

 

Bloger Kobul Dustov IIB xodimlarining bog‘cha bolalariga maʼruza qilganini keskir qoraladi:

 

«Majlis bizda bog‘chadan boshlanadi...

Bog‘chada targ‘ibot ishlari ketmoqda...

Auditoriya esa, sel bo‘lib eshitayapti...», — deya o‘zining telegram kanalida izoh qoldirdi.

 

Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, holat 2023 yil 18 iyul kuni Uchtepa tumanidagi bog‘chalarning birida kuzatilgan.

 

Taʼkidlanishicha, 17 iyul kuni tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birining rahbari tomonidan tuman IIO FMB, mudofaa ishlari bo‘limi hamda “Farhod” MFY raisi nomiga hamkorlikda «Harbiylar bilan uchrashuv» mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazish yuzasidan taklifnoma yuborilgan.

 

Shunga asosan, 18 iyul kuni tuman IIO FMB 2-sonli IIB “Farhod” mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 40-sonli TP profilaktika katta inspektorlari kapitan F.T. va leytenant A.A. ushbu bog‘chaga kelgan.

 

«Profilaktika inspektorlari bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan vatanga muhabbat, ota-ona qadri va kelajakda vatanni qo‘riqlaydigan mard o‘g‘lon va qizlar bo‘lib yetishishlari, bog‘chadan notanish fuqarolar bilan ketmasligi, uyini begona shaxslarga ochmaslik, begona shaxslarning qo‘llaridan shirinlik va boshqa narsalarni olmaslik haqida suhbat o‘tkazgan. Ular o‘zlari bilan olib kelgan kitob va o‘yinchoqlarni bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘a qilib topshirishgan», — deyiladi rasmiy axborotda.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, tadbir tafsilotlari aks etgan videolavhani guruh tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun ochilgan Telegram guruhga tashlagan.

 

«Ayrim ota-onalar tomonidan bu videolavha boshqa guruhlarga tashlanib, tomoshabinlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingani achinarlidir», — deyiladi poytaxt maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabatida.

 

Qayd etish kerakki, shahar MMTB matbuot xizmati mazkur holat bo‘yicha bildirilgan munosabatni Telegram kanaldan o‘chirib, axborotni tahrirlab, kanalga qayta joyladi. Birinchi rasmiy axborotda yozilgan videodagi IIB xodimlari haqidagi maʼlumot olib tashlandi.

 

Muxtasarxon Toshpo’latova

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"