O'zbekiston

Toshkentda oqova suvdan badbo‘y hid tarqalayotganini sababi aniqlandi

Oqova suv tarmog‘iga yuqori konsentratsiyada ifloslangan, kimyoviy moddalar oqizib kelinayotganligi aniqlandi

Toshkentda oqova suvdan badbo‘y hid tarqalayotganini sababi aniqlandi

 

Bosh prokuratura tomonidan "Bo‘zsuv oqava suv tozalash" inshootiga kelib tushayotgan oqova suvlarning tarkibi, ularning tozalanishi hamda "Quyi Bo‘zsuv" kanaliga quyilishida amaldagi tartib va normativlarga rioya etilishi ahvoli Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, tozalash inshootiga Toshkent shahrida joylashgan 18 ta (15 ta tekstil va 3 ta qushxona) tadbirkorlik subyektlari tomonidan oqova suv tarmog‘iga yuqori konsentratsiyada ifloslangan, kimyoviy moddalari mavjud bo‘lgan oqova suvlar oqizib kelinayotganligi aniqlandi.

 

Taʼkidlanishicha, "Bo‘zsuv oqova suv tozalash" inshooti kelib tushgan oqova suvlarni biologik tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, unda oqova suvlarni kimyoviy va fizikaviy tozalash imkoniyatlari mavjud emas.

 

Natijada oqizilayotgan oqovalarda meʼyorga nisbatan azot ammoniy konsentratsiyasi, azot nitrit, kislorodning biologik isteʼmoli, kislorodning kimyoviy isteʼmoli, neft mahsulotlari, fosfor, temir va xrom ortiqcha ekanligi oqibatida, inshoot atrofidagi havoda vodorod sulfidi miqdori meʼyordan oshib ketib, ifloslangan suvdan badbo‘y hid tarqalayotganligi hududda yashovchi aholining noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.

 

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni "Toshkent shahar suv taʼminoti" tomonidan muqaddam berilgan ogohlantirish va laboratoriya tahlil natijalari bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etmaganlarga nisbatan ichimlik va oqova suvi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirdi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"