O'zbekiston

O‘zbekistondan Rossiyaga parvozlar sonini oshirish rejalashtirilmayotgani ma`lum qilindi

Avvalroq Rossiya OAVlari tomonidan ikkala poytaxtlar o`rtasidagi haftalik reyslar soni ikki barobarga oshirilishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

O‘zbekistondan Rossiyaga parvozlar sonini oshirish rejalashtirilmayotgani ma`lum qilindi

 

Avvalroq “Vedomosti” nashri tomonidan O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi (O‘zaviatsiya) Rossiya aviatsiya maʼmuriyatiga mamlakatlar o‘rtasidagi havo qatnovini ko‘paytirishni taklif qilgani haqida xabar qilingandi. Unga ko‘ra, oskva va Toshkent, shuningdek, Sankt-Peterburg va Toshkent o‘rtasidagi reyslar sonini oshirish rejalashtirilmoqda.

 

"O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi poytaxtlar o‘rtasidagi haftalik reyslar sonini ikki barobarga oshirib, 25 tadan 50 taga yetkazmoqchi, Sankt-Peterburg va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni haftasiga 7 tadan 14 taga oshirish taklif etilmoqda", — deyiladi xabarda.

 

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi ushbu holatga munosabat bildirib, mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini maʼlum qildi.
 

Qayd etilishicha, “O‘zaviatsiya” agentligi Rossiya aviatsiya maʼmuriyatiga mamlakatlar o‘rtasidagi haftalik reyslar sonini ko‘paytirishni taklif qilgani haqida maʼlumotlar haqiqata to‘g‘ri kelmaydi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"